O‘zbekiston bank sektori jadal o‘zgarib bormoqda. Raqamlashtirish, yangi mahsulotlar, mijozlar kutishlarining o‘zgarishi va texnologik raqobat biznes modellarini murakkablashtirib, rahbarlarga qo‘yiladigan talablarni oshirmoqda. Boshqaruv sohasida iste’dodli kadrlar tanqisligi sharoitida banklar ayollar yetakchiligiga tayanishga tayyormi? ECOPSY kompaniyasining 2026-yilda o‘tkazgan tadqiqoti bank sektori ushbu savolga qanday javob berayotganini ko‘rsatadi.